04/Mart/2021 Jamiyat
TOShKENT, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘sishini ta'minlash, qolaversa, koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklov choralari oqibatida vujudga kelayotgan transport sohasiga tegishli muammolarni tizimli hal etish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan maxsus Call-markaz tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik ma'lumotiga asoslanib.
Tadbirkor va ishbilarmonlar mahsulotlarini eksport qilish jarayonida transport sohasiga tegishli muammolar vujudga kelgan taqdirda ularning yechimi yuzasidan Call-markaz orqali mutaxassislarga murojaat qilishi mumkin.
Call-markaz raqami: +998 55 501 07 20