Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Oktabr/2020   Ilm-fan

Turk olimlari Movarounnahrda tafsir ilmining rivojlanishiga oid ilmiy tadqiqotlar ustida ish olib bormoqda


SAMARQAND, 24-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning Anqara universiteti bilan hamkorlikda «Movarounnahrda tafsir ilmining rivojlanishi» mavzuida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Seminarda Markaz ilmiy xodimlari va yurtimizda diniy-maʼrifiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalarning yosh olim va tadqiqotchilari hamda taniqli olim, Turkiyaning Anqara universiteti professori Ismoil Chalishkan ishtirok etdi.

Professor Ismoil Chalishkan seminar davomida Movarounnahrda tafsirning boshlanishi va taniqli mufassirlar, Samarqand va Buxoro tafsir maktablari hamda mashhur tafsir asarlari haqida o‘zining ilmiy tadqiqotlari davomida to‘plangan maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Mavzuga oid

Toshkent axborot texnologiyalari univers...

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Kore...

Videokonferensiyada Belgiyaning “Modern ...

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Belgiyaning “Modern education and Research Institute...

“El-yurt umidi” jamg‘armasi huzuridagi X...

“El-yurt umidi” jamg‘armasi qoshida tashkil etilgan Xalqaro ekspertlar kengashining ikkinc...

So`nggi yangiliklar