Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Aprel/2020   Jamiyat

Turkiy kengashga aʼzo davlatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik ruhini namoyish etmoqda


АNQАRА, 6-aprel. /“Dunyo” АА/. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagʼdat Аmreev tuzilmaga aʼzo mamlakatlar oʼrtasidagi hamkorlik, barqarorlik va birdamlikning yuqori surʼatda ekani boʼyicha oʼz fikrlarini bayon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” АА muxbiri.

B.Аmreev amaldagi hamkorlik mexanizmi aʼzo davlatlarga kelishilgan harakatlarni amalga oshirishga imkon berayotganini bildirdi.

Bosh kotib Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo mamlakatlar, yaʼni Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkiya va Oʼzbekiston, shuningdek, kuzatuvchi davlat – Vengriya halokatli COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan oqibatlarni hal qilishda qatʼiyat namoyish etayotganini bildirdi.

Pandemiya dunyo miqyosida tarqalgandan beri turkiy dunyo rahbarlari bir-biri bilan yaqin aloqada boʼlib, tegishli vazirlik va idoralarga oʼz fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilishni tashkil etish, chegaralarni yopish, xalqaro parvozlarni toʼxtatish, maʼlumot va tajriba almashish, shuningdek, tibbiy yordam va boshqa zarur choralarni koʼrish boʼyicha hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu birgalikdagi saʼy-harakatlar va hamkorlik doirasida Turkiya koronavirusni aniqlash uchun test tizimlarini Ozarbayjonga birinchi boʼlib yubordi va qardosh mamlakatga ushbu kasallikka chalinganlarni aniqlash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Bundan tashqari, Turkiya hukumati COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Bishkekdagi Qirgʼiziston – Turkiya doʼstlik kasalxonasining Qirgʼiziston Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan foydalanishiga rozilik bildirdi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qoʼshni Qirgʼizistonga qardosh xalq tomonidan koʼrilayotgan talafotlar oʼrnini bosish uchun gumanitar yordam yuborildi.

Qozogʼiston hukumati ham Qirgʼiziston fuqarolarini Xitoy va Hindistondan havo qatnovi orqali evakuatsiya qilishda koʼmaklashdi.

Mushkul davr boʼlishiga qaramasdan Turkiy kengashga aʼzo davlatlar Yevropada epidemiya tarqalgani haqidagi xabardan soʼng darhol Vengriyaga tibbiy yordam koʼrsatgan birinchi davlatlar boʼldi.

Ozarbayjon, Oʼzbekiston va Turkiya Vengriyaga dori-darmon, shu jumladan, birlamchi zarur tibbiy niqoblarni yetkazib berdi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Piter Shijarto 2020 yil 16 martdagi bayonotida Turkiy kengashga aʼzo davlatlarga tezkor javob va yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. U ushbu mablagʼlar turkiy dunyo bilan kuchli birdamlikning yana bir oʼziga xos belgisi boʼlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Turkiyaning xususiy sektori ham Qozogʼistonni qoʼllab-quvvatlashda muhim oʼrin oʼynadi. Turkiyaning Anqaradagi “YDA Group” kompaniyasi tibbiy yordam buyumlari, niqoblar, himoya koʼzoynaklari va qoʼlqoplarni oʼz ichiga olgan muhim yordam paketini joʼnatdi va ular Qozogʼistondagi turli kasalxonalarga yetkazildi.

Bosh kotib B.Amreev tashkilotga aʼzo davlatlar oʼrtasidagi barqaror va yaqin hamkorlikning mustahkam ekanini taʼkidladi. U turkiy dunyo COVID-19 ga qarshi global miqyosdagi kurashda qolgan xalqaro hamjamiyat bilan birdamlik koʼrsatishiga ishonch bildirdi.

Bosh kotibning taʼkidlashicha, turkiy dunyo rahbarlari ushbu masala boʼyicha yuqori darajadagi maslahatlashuvlarni davom ettirish va ushbu davrda misli koʼrilmagan muammolarni bartaraf etishda har qanday qoʼshimcha choralarni koʼrish orqali birgalikda harakat qilishga tayyor.

Mavzuga oid

Toshkentdagi Inha universiteti masofaviy...

Toshkentdagi Inha universiteti mutaxassislari masofadan ta’lim berish platformasi – IUT-DE...

Frankfurtdan Toshkentga navbatdagi chart...

Aytish joiz, bundan avval Frankfurt-Mayn – Toshkent yo‘nalishida 370 nafar hamyurtimiz max...

O‘zbekiston Transport vazirligi xalqaro ...

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xalqaro havo qatnovini tiklash bo‘yicha ishla...

So`nggi yangiliklar