Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   TIV yangiliklari

Turkiy kengashga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklarining yuqori lavozimli xodimlari tashkilotning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi


ISTANBUL, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Istanbul (Turkiya) shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK, Turkiy kengash)ning Yuqori lavozimli mutasaddi xodimlar komissiyasining 29-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

8-19 oktyabr kunlari tashkilotga aʼzo davlatlar - Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston, shuningdek, Turkiy kengash kotibiyati delegatsiyalari TTDHKning joriy yil noyabr oyida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, sammitga taqdim etishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2019 yil oktyabr oyida Turkiy kengashning to‘laqonli aʼzosi bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 15 oktyabr kuni TTDHKning Boku (Ozarbayjon) shahrida bo‘lib o‘tgan 7-sammitida ishtirok etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Xitoy elchisi Szyan...

Komil Rashidov TIV Shartnoma-huquq boshq...

Bunga qadar Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiray...

Tashqi ishlar vazirligi va Notarial pala...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamroyev va O‘zbekiston Re...

So`nggi yangiliklar