Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/May/2021   COVID-19

Turkiya 7 maydan boshlab karantin choralarini yanada kuchaytiradi


TOSHKЕNT, 4 may. / «Dunyo» AA /. Turkiya ichki ishlar vazirligi veb-saytida ta’kidlanishicha, 7 maydan boshlab koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotgani sababli joriy karantin choralari yanada kuchaytiriladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri Turkiyada 4,9 milliondan ortiq odam COVID-19 ga chalingan, 41 ming kishi esa ushbu kasallik tufayli vafot etgan.

7 maydan boshlab do‘konlar, shuningdek, tarmoq supermarketlarida faqat asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, uy hayvonlari uchun oziq-ovqat va kosmetika vositalarini (parfyumeriya va pardoz mahsulotlari bundan mustasno) sotishga ruxsat berildi. Elektron mahsulotlar, o‘yinchoqlar, ish yuritish materiallari, kiyim-kechak, avtoulov aksessuarlari, dasturxon va bog‘ buyumlarini sotish bo‘yicha taqiq spirtli ichimliklar savdosiga qo‘yilgan cheklovga qo‘shildi.

Oldingi qarorga ko‘ra, 29 apreldan 17 maygacha Turkiya aholisi zarur xaridlar va shoshilinch tibbiy yordam olish maqsadida ko‘chaga chiqishi mumkin. Qolgan vaqtda uyda bo‘lishi kerak.

Shaharlararo sayohat qilish uchun rasmiy ruxsatnoma talab qilinadi. Maktab o‘quvchilarining o‘qishi onlayn shaklda davom etadi. Jamoat transportida oraliq masofaning qat’iy chegarasi joriy etilmoqda.

2 may kuni O‘zbekiston hukumatining qarori bilan tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi gumanitar yordam yuklari maxsus reys bilan Toshkentdan Turkiyaga yetkazib berildi va mazkur mamlakat hukumati vakillariga topshirildi.

Mavzuga oid

Koronovirusga qarshi samarali kurashishd...

Ma’lumki, koronavirus pandemiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurashda, ayniqsa uning aholi

SSV: COVID-19 ga chalinganlarni davolash...

Toshkent shahrida uchta zamonaviy ixtisoslashgan tibbiyot muassasasi bunyod etilmoqda.

Nagoya shahar meriyasi Toshkentga gumani...

Yaponiyadagi elchixonamiz vakillari Nagoya shahar meriyasi bilan videokonferensiya shaklid...

So`nggi yangiliklar