Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Sayyohlik

Turkiya Din ishlari boshqarmasi va Naqshbandiya tariqati aʼzolaridan iborat delegatsiya Samarqandga keldi

ISTANBUL, 20-may. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Turkiya Din ishlari boshqarmasining masʼul xodimlari, ulamolar va ushbu davlatda keng yoyilgan Naqshbandiya tariqatining faol aʼzolaridan iborat delegatsiya Samarqand shahriga  jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bosh konsulxona vakillari 140 nafar bo‘lgan turkiyalik ziyoratchilarining  tashriflarini tegishli vazirlik va hokimiyatlar bilan ishlab chiqdi va ularga tegishli konsullik yordamini ko‘rsatdi.

 Turkiyalik ziyoratchilarni kuzatish  tadbirida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsuli Amirsaid Aʼzamxodjayev mamlakatmizning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarda sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berdi.

 O‘z navbatida, turkiyalik ziyoratchilar mamlakatimiz hukumati tomonidan sayyohlik sohasini, xususan «ziyorat turizmi»ni rivojlantirishdagi saʼy-harakatlarini, turkiy millatlarning ota yurti bo‘lgan O‘zbekistonning boy tarixi, qadriyatlari va madaniyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni eʼtirof etdilar.

- O‘zbekistonga turkiyalik taniqli olimlar va  faollarni olib ketayapmiz, - dedi “Yesevitur” sayyohlik agentligi rahbari Mehmet Kaya. – Dasturimizdan qadimiy Samarqand shahrining mashhur Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli va boshqa muqaddas ziyoratgohlarga safarlar o‘rin olgan. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga ushbu turni tashkil etishdagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyadan munosabat: Samarqand...

Buyuk Britaniyaning yetakchi «The Evening Standards» gazetasi sahifasida «2022 yilda sayyo...

Germaniyaning parrandachilik bo‘yicha ta...

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish, unga yetakchi xorijiy davlatlar taj...

O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivoj...

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda gastronomik...

So`nggi yangiliklar