Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Aprel/2020   Iqtisodiyot

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 6,6 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi


SAMARQAND, 24-aprel. /“Dunyo”  AA/. Hozirgi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 70 ta loyihadan 43 tasi amaliyotga tatbiq etilib, 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rini yaratildi. Mazkur korxonalar tomonidan 2020-yilning birinchi choragida 220 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 6,6 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2020-yilning birinchi choragida umumiy qiymati 3 million dollariga teng 2 ta loyiha ishga tushirilib, 350 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, kuni kecha erkin iqtisodiy zonada “UR JEANS” masʼuliyati cheklangan jamiyat ish boshladi. Korxona yiliga 3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan jinsi mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona muassislari 80 ta yangi ish o‘rni yaratib, kelgusida ishlab chiqarish hajmini yiliga 5,4 million AQSH dollariga, eksportni hajmini 1,6 million AQSH dollariga yetkazishni maqsad qilgan.

Erkin iqtisodiy zona direksiyasi maʼluotiga ko‘ra, yil davomida yana 13 ta loyihani ishga tushirish belgilangan.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida ish olib boradigan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida “Samarqand” bojxona posti tarkibida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi punkti tashkil etilgan. Bojxona xodimlari 24 soat davomida xizmat olib borib, import va eksport tovarlarini soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazib kelmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gi...

Bugun «Uzbekistan Airways» AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bog‘bonlari tomoni...

Ozarbayjonlik xaridorlar O‘zbekiston eks...

Joriy yilning 25-27 avgust kunlari avtomatlashtirilgan platformada "Made in Uzbekistan" ik...

Farg‘onada meva-sabzavotchilik klasterla...

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan Quva tumanidagi klasterlar joriy yil 60 million dolla...

So`nggi yangiliklar