Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   TIV yangiliklari

O'zbekiston TIV rahbari Isroil turizm vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 18- may. /«Dunyo» AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Isroil turizm vaziri Yoel Razvozov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston-Isroil hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Isroil tomoni O'zbekistonning sayyohlik salohiyati va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni yuqori baholadi. Ta'kidlanganidek, so'nggi paytlarda butun dunyoda, jumladan, Isroilda ham O'zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo'nalishi sifatida qiziqish ortib bormoqda. O'zbekistonga sayyohlar oqimini ko'paytirish, mamlakatimiz turizm sanoatini rivojlantirish, sayyohlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar turlarini takomillashtirish va kengaytirish bo'yicha aniq takliflar ko'rib chiqildi.


Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindist...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri, Davlat...

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va F...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Finlyandiya Tashqi ishlar vaz...

Minsk shahrida O‘zbekistonning MDHdagi r...

Ilhom Ne’matov O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakat...

So`nggi yangiliklar