Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   TIV yangiliklari

O'zbekiston va Rossiya Prezidentlarining Maxsus vakillari Moskvada muzokaralar o'tkazdi

TOSHKENT, 20-may. /«Dunyo» AA/.  O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Moskva shahrida Rossiya Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Zamir Kabulov bilan muzokaralar o'tkazdi, de xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri. TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston va Rossiyaning afg'on inqirozini tinch yo'l bilan hal etish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, Afg'oniston xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish va boshqa ko'mak borasidagi sa'y-harakatlari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, Afg'onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatning yangi hokimiyatiga nisbatan umumiy pozisiyasini ishlab chiqish, Afg'onistonda gumanitar inqirozning oldini olish, mamlakatda transport va energetika sohasida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi. O'zbekiston va Rossiyaning afg'on mavzusi bo'yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan birday manfaatdor ekani ta'kidlandi.


Mavzuga oid

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahba...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Buyuk Britaniya tashqi ishlar,...

Islandiyaning O‘zbekistondagi yangi elch...

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Islandiya elchisi (qarorgohi - Mo...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida AQ...

Bugun ertalab O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bir kun avval Toshkentga tashrif bilan...

So`nggi yangiliklar