21/May/2022 Fakt
TOSHKENT, 21 may. /“Dunyo” AA/. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi axborot-kommunikatsiya sohasidagi korxonalar soni bo‘yicha maʼlumotni ochiqladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qo‘mita manbasiga ko‘ra, joriy yilning yanvar–aprel oylarida axborot-kommunikatsiya sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,9 baravar ko‘paydi.
Xususan, sohada 2018 yilda 482 ta, 2019 yilda 538 ta, 2020 yilda 533 ta, 2021 yilda 926 ta va 2022 yilda 896 ta korxona tashkil etilgan.