Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyun/2023   Siyosat

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi

TOSHKENT, 3 iyun. /“Dunyo” AA/. Vazirlar Mahkamasining  «Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori   qabul  qilindi, deb  xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Hukumat qarori Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.

Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so‘ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.

Advokatlik guvohnomasini berish uchun to‘lov undirilmaydi. Ariza yuborilgandan so‘ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi.

Advokatlik guvohnomasi tayyor bo‘lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.

Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi:

-talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo‘lsa;

-talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo‘lsa.

 Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo‘lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi taʼminlanadi.

Advokatlik guvohnomasi advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng, advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro‘yxatdan o‘tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda, advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda, advokatlik guvohnomasi yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda qayta rasmiylashtiriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari...

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75 sessiyasidagi videomurojaati...

Senat raisi AQSH davlat kotibining yorda...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva AQSH davlat kotibi yordamchisi Ke...

Senat Raisi XMT muvofiqlashtiruvchisi b...

Senat Raisi XMT muvofiqlashtiruvchisi bilan tashqi migratsiya borasida amalga oshirilayot...

So`nggi yangiliklar