Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Jamiyat

Xalq diplomatiyasi rivojida axborotning roli


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekis­tonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq dip­lomatiyasi markazi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «Xalq diplomatiyasi rivojida xalqaro axborotning ahamiyati» mavzusida davra suhbati o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uyushma maʼlumotiga ko‘ra, Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, Xalq diplomatiyasi markazining ijodiy guruhi rahbari, adabiyotshunos olim, tarjimon, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov o‘z maʼruzalari bilan qatnashdi.

Qobiljon Sobirov davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan «O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini alohida qayd etdi.  Markaz rahbariga ko‘ra, ushbu qarorda SHHT mamlakatlari o‘rtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, axborot resurslarini shakllantirish hamda SHHTning maqsad va vazifalari, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va acocli prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish vazifalari belgilangan.  Shuningdek, SHHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohada erishgan yutuqlari to‘g‘risida axborot tahliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borishda jurnalistlar bilan doimiy ravishda yaqindan hamkorlik qilish markazning ustuvor yo‘nalishlaridan ekani bildirildi.

Davra suhbatida madaniy, ilmiy, maʼrifiy dasturlarni tashkil etish, o‘zaro delegatsiyalar almashinuvi, dolzarb mavzudagi xalqaro forumlar, badiiy ko‘rgazmalar, musiqa festivallari va sport tadbirlarini o‘tkazish doirasida Markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Tadbir doirasida  SHHT Xalq diplomatiyasi markazi  tomonidan chop etilgan «O‘zbekis­tonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diploma­tiyasi markazi», «Sakkiz elning sakson ulug‘ siymosi», «Barqaror rivojlanishda yetakchi ayollar rolini oshirish» kabi kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Anjuman so‘nggida yurtimizda amalga oshayotgan islohotlarni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda faol qatnashgan bir guruh jurnalistlarga Markaz tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid

Angrenda Kukmin universitetining faoliya...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Angren shahrida Kukmin universitetining f...

Turkiyalik investorlar Uchqo‘rg‘onda 750...

Namangan viloyati hokimligida Turkiyaning «Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş» kompaniyasi rahba...

O‘tgan haftada Rossiyadan O‘zbekistonga ...

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi va konsulliklari sa’y-harakati bilan joriy yil 28...

So`nggi yangiliklar