Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Yanvar/2021   Ilm-fan

Xalq taʼlimi vazirligining tashabbusi YUNESKO tomonidan eʼtirof etildi


TOSHKENT, 8-yanvar. /“Dunyo” AA/. YUNESKO O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib «Hikoyani tarjima qiling» (Translate a Story)  loyihasiga qo‘shilish taklifiga ijobiy javob qaytarganini eʼtirof etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumaotiga ko‘ra,  loyiha doirasida Global Digital Library (Global raqamli kutubxona) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitob hamda interaktiv taʼlim o‘yinlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

«Mavjud taʼlim manbalarining lingvistik xilma-xilligi taʼlim sifati uchun juda muhimdir. Bolaning o‘z ona tilida taʼlim olishi uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi aniq», - deydi YUNESKO Bosh direktorining taʼlim bo‘yicha yordamchisi Stefaniya Jannini.

Tarjima qilingan kitoblar Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi jamoasi tomonidan Global raqamli kutubxonaga taqdim etildi.

Global raqamli kutubxona Norvegiyaning rivojlanish agentligi (NORAD) hamda boshqa hamkorlar tomonidan Global Book Alliance tarkibida ishlab chiqilgan bo‘lib, YUNESKO uni amalga oshirish bo‘yicha texnik ko‘mak taqdim etib kelmoqda.

Global Digital Library o‘qish materiallarini har qanday raqamli qurilmadan bepul foydalanish imkonini beradi. Yaqinda global raqamli kutubxonada ko‘zi ojiz bolalarga matnning ovozli versiyasini va tasvirlarning tavsifini tinglash imkoni paydo bo‘ldi.

Hozirda ushbu kutubxonada 73 tilda mavjud bo‘lgan 5000 ta kitobdan tashqari, kutubxonada bolalarga matematik mahoratini oshirishda yordam beradigan interaktiv o‘yinlar ham joriy etilmoqda. Ushbu o‘yinlardan ko‘rish qobiliyati past bolalar ham foydalanishi uchun imkoniyat yaratilgan. O‘zbekiston ushbu o‘yinlarning 20 ga yaqinini o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Mavzuga oid

Marg‘ilonda Bursa Uludag‘ universitetini...

Farg‘ona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, Savdo-sanoat pal...

O‘zbekistonlik talabalar xalqaro onlayn-...

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari xa...

Al-Forobiy merosiga bag‘ishlangan onlayn...

Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy tavalludining 1150 yilligiga bag‘ishlangan “Al-Forobiy m...

So`nggi yangiliklar