Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Madaniyat

Xalqaro madaniy aloqalar davom etmoqda


TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova boshchiligidagi delegasiya Turkiyada bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik ma'lumotiga tayanib.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad tarixiy meros obidalarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda madaniyat sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

“Gursoy Group” kompaniyasining rasmiy taklifi bilan amalga oshirilgan tashrif davomida madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish tajribasi hamda ikki tomonlama amaliy va ilmiy ishlar muhokama etildi.

Dastavval O‘zbekiston delegasiyasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi.   Mezbon davlat mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, restavratsiya ishlari binoning holatiga qarab to‘rt yil davomida amalga oshiriladi. Bu esa inshootning 20 yil davomida o‘z holicha saqlanib turishida zamin bo‘ladi.

Mavzuga oid

«O‘zbekkino» Rossiya hamkorlik fondi bil...

Kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi masalalari bo‘yicha ...

Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonim hay...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” ijodiy studiyasi tomo...

Tailandda O‘zbekiston milliy liboslari ...

Mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasida «Asian Vocational College» dizayn ...

So`nggi yangiliklar