24/Yanvar/2022 COVID-19
TOSHKЕNT, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 25 yanvardan boshlab xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga keladiganlar uchun joriy etilgan ekspress test topshirish talabi bekor qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy davlatlardan kelayotganlarning kamida 48 soat oldin topshirgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil (piyodalar) o‘tkazish chegara punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi shart emas.