Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Yaponiyadan munosabat: Barcha davlatlar bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirish pragmatik va muvozanatli tashqi siyosat namunasidir

TOKIO, 28 may. /“Dunyo” AA/. Sidzuoka (Yaponiya) prefektura universiteti professori Simada Takao “Dunyo” AAga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi ishtirokini quyidagicha izohladi:


– Xalqaro munosabatlar beqarorlashib borayotgan hozirgi davrda tashqi siyosatning to‘g‘ri strategiyasini tanlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bir tomondan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlari va, birinchi navbatda, Rossiya O‘zbekistonning azaliy va strategik ittifoqchilari bo‘lib, ular bilan asrlar davomida hamkorlik qilib kelinmoqda. Bu aloqalar davlat va jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini, jumladan, xalqaro masalalarni qamrab olgan.

G‘arb bilan munosabatlarga kelsak, hamkorlikning so‘nggi yillardagi taʼsirchan dinamikasiga qaramasdan, uning surʼati va hajmi hali ham YEOII davlatlari bilan erishilgan darajadan ancha orqada qolmoqda.

Bu nafaqat savdo va sarmoya, balki madaniy-gumanitar va, eng muhimi, oddiy insonlar o‘rtasidagi aloqalarga ham tegishlidir.

Shunday ekan, menimcha, O‘zbekiston boshqa hech bir davlat bilan mamlakatda ochilgan Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari soni va ushbu mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni bo‘yicha bunday yaqin taʼlim-ilmiy aloqalarga ega emas. Bu har ikki tomon uchun juda to‘g‘ri va muvozanatli siyosat. O‘zbekiston uchun bu sifatli taʼlim olish  va shu bilan birga unga bo‘lgan ichki ehtiyojlarni qondirish demakdir.

Shu bilan birga, G‘arb mamlakatlari zamonaviy texnologiyalar va fan-texnika yutuqlarining asosiy manbalari bo‘lib, ular ko‘p jihatdan global kun tartibini belgilamoqda, buni ham eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni jadal rivojlantirish O‘zbekiston manfaatlariga mos keladi.

Shu maʼnoda  O‘zbekistonning barcha mamlakatlar bilan mutanosib munosabatlar o‘rnatish borasidagi amaldagi siyosati eng maqbuldir. Barcha davlatlar bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirish, menimcha, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosat namunasidir.\

 

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantir...

Pokistondagi yetakchi nashrlardan biri - «Islamabad Post» gazetasida O‘zbekiston-Pokiston ...

Misrdan munosabat: O‘zbekiston har bir f...

O‘zbekistonda mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotla...

Birlashgan Arab Amirliklari ommaviy axbo...

BAAning yetakchi “Wam” axborot agentligi tomonidan «O‘zbekiston va BAA davlat boshqaruvi s...

So`nggi yangiliklar