Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Madaniyat

Yetuk adib Maqsud Shayxzoda haqida film suratga olinadi


TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ozarbayjon madaniyat markazi va “First art media” studiyasi hamkorligida “Maqsud Shayxzoda: Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi suratga olinadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri agentlik maʼlumotiga tayanib.

Mazkur film Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida tasvirga olinmoqda. Kinokartina "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biridir.

Ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullayev,  operator Muzaffar Yusupov, kartina direktori Shuhrat Hamidullayev, prodyuser Tohirbek Qo‘chqorbekov.

“Maqsud Shayxzoda: Erkka intilgan shoir” hujjatli filmida badiiy sahnalar ham bo‘lib, ularni tasvirga olishda o‘zbek va ozarbayjon aktyorlari ishtirok etadi.

Mavzuga oid

O‘zbek–Turkman xalqlari do‘stlik anjuman...

Bugun Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasid...

Imom Moturidiy xalqaro markazi va ISESCO...

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot mar...

Insoniyat bugungi kunda ham Imom Moturid...

Joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida «Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’...

So`nggi yangiliklar