Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Yevropa parlamenti deputati bilan uchrashuv


BRYUSSEL, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov Yevropa parlamenti deputati Maksimilian Kra bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, sud-huquq tizimini takomillashtirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

O‘zbekistonga yaqinda taqdim qilingan “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasini tayyorlash, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Parlament aʼzosi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni mamnuniyat qayd etib, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarining jadal rivojlanayotganidan mamnuniyat bildirildi. Shu bilan birga, u tomonlarning “GSP+” doirasida amalga oshirgan ishlari xususida to‘xtalib, bu boradagi hamkorlikda rivojlanish mavjudligini taʼkidladi. Shuningdek, deputat O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlar ekan, YEI bu yo‘nalishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, suhbatdosh Toshkentda o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Muammolar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid

Bangkokda mintaqa infratuzilmasini moliy...

Tailand poytaxtida BMT Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKA...

Xalqaro press-klub Janubiy Koreya media ...

Bugun mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Xalqaro press-klub va Janubiy Koreyaning «The Kor...

O‘zbekistonlik diplomatlar Janubiy Korey...

Bugun mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasida «Seoul Global Center» xorijiy...

So`nggi yangiliklar