Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Noyabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Yevroparlament delegatsiyasi raisi Fulvio Martushello: Markaziy Osiyo Yevropaning muhim va ishonchli hamkoriga aylandi

BRYUSSEL, 30 noyabr. /“Dunyo” AA/. Yevroparlament rasmiy saytida Yevroparlamentning Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Fulvio Martushelloning Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bergan bayonoti eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mazkur hujjatda Yevroparlament vakili Markaziy Osiyo davlatlarini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklab, ularning qonunchilik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholagan.

 “Ushbu mamlakatlardagi qonunchilik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni o‘zgartirish va mustahkamlash bo‘yicha shu paytgacha amalga oshirilgan salmoqli saʼy-harakatlarni yuksak qadrlayman. Shu bois Markaziy Osiyo Yevropaning muhim va ishonchli hamkoriga aylandi, - deb yozadi Fulvio Martushello. – Biz nafaqat bugungi vaziyat tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni birgalikda yengamiz, balki iqtisodiy o‘sish, iqlim o‘zgarishlari va innovatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarimizni o‘zaro qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shu nuqtai nazardan, bu yo‘lni davom ettirishni chin dildan olqishlayman. Yevroparlamentning Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi raisi sifatida men davom etayotgan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, nizolarni hal etishda zo‘ravonlikdan tizimli ravishda voz kechish, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini hurmat qilishga asoslangan jamiyat barpo etish uchun doim siz tomonda bo‘lib kelgan Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda barcha choralarni ko‘rish muhimligini taʼkidlayman.

Shu bois sizlarni so‘nggi yillarda erishilgan salmoqli yutuqlar bilan birga o‘zaro ishonch muhitining mustahkamlanayotgani bilan tabriklayman”.

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda davlat mustaqilligining 30...

Avval xabar qilinganidek, kecha O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishla...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi e...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bi...

Malayziyada oliy ta’lim tizimida mehnat ...

Mamlakatimiz elchixonasida Malayziyada yashovchi vatandoshimiz, Putra universiteti profess...

So`nggi yangiliklar