Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Markaziy Osiyo

YEXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi


TOSHKENT, 13 aprel. /«Dunyo» AA/. Bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Uchrashuvlarda YEXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston-Shvetsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - davlatimiz rahbarining Matbuot kotibi Sherzod Asadov yaqinda ma’lum qilishicha, Ann Kristin Linde O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ham qabul qilinadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlar...

Kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarini bog‘lovchi chegara hududda (“G‘ishtko‘prik” ...

Tojikiston 2021-2023 yillarda 2,7 millia...

2021 yilda Tojikiston iqtisodiyotiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar hajmi 774 mi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkman...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahriga amaliy tashrifi davom...

So`nggi yangiliklar