Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Sayyohlik

12 iyundan boshlab «Ar-Riyod–Toshkent–Ar-Riyod» yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda


AR-RIYOD, 13-may. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralar hamda Saudiya Arabistonining «Flynas» aviakompaniyasi va «Seera» turistik agentligi vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklidagi muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Videokonferensiyada Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida mamlakatimizga tashrifi doirasida Buxoro shahrida o‘tkazilgan biznes-forumda «Uzbekistan airways» AJ va Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi o‘rtasida turizmni rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumida belgilangan vazifalarning amaliy natijalari xususida fikr almashildi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatimizga sayohatlarini uyushtirish istiqbollari muhokama qilindi.
«Flynas» aviakompaniyasi vakillari joriy yil 12-iyundan boshlab «Ar-Riyod–Toshkent–Ar-Riyod» yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2020-yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi tufayli Podshohlik o‘z fuqarolarini xorijga chiqishi bo‘yicha vaqtincha cheklovlar o‘rnatgan edi. Ayni paytda Saudiya Arabistoni hukumati o‘z fuqarolariga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan davlatlarga joriy yil 17-maydan boshlab safar qilishga ruxsat berdi.
«Seera» sayyohlik kompaniyasi saudiyaliklarni O‘zbekistonga safar qilishi uchun turli tur-paketlarni taklif qilmoqda. Kompaniya vakillari ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston turistik agentliklari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
Videokonferensiya yakunlari bo‘yicha tomonlar «Flynas» parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, O‘zbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuborish, mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Prezident qarori asosida «My garden in t...

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-fevralda «Oʼzbekis...

Nemis kapitali ishtirokida zamonaviy meh...

Toshkent shahrida nemis kapitali ishtirokida zamonaviy mehmonxona qad rostlamoqda

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Boltiqb...

Boltiqbo‘yining eng yirik xokkey inshooti, Kontinental xokkey ligasi (KXL) ishtirokchisi "...

So`nggi yangiliklar