Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Yanvar/2021   Sport

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Men g‘olib» shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi


TOSHKЕNT, 11 yanvar. «Dunyo» AA/.  Kuni kecha Toshkent shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Men g‘olib» shiori ostida havaskorlar o‘rtasida ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

Ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston triatlon hamda Yengil atletika federatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Yugurish musobaqasining umumiy uzunligi 10 km masofani tashkil etdi. Unda Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi qariyb 300 nafar tuzilmalar xodimlari hamda havaskorlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

«Men g‘olib» shiori ostidagi ommaviy yugurish musobaqasining jamoaviy bahslarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek, turli soha vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Milliy gvardiya jamoasi egalladi. Faxrli 3-o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi.

 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolc...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan o‘rin olgan navbatdagi o‘...

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionat...

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining taqvim rejasidan o‘rin olgan Osiyo chempionati To...

Velotrek bo‘yicha O‘zbekistоn milliy ter...

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga Belarus vakili Sergey Volchok bosh murabbiy...

So`nggi yangiliklar