Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   COVID-19

15 sentabr kuni O‘zbekistonda 761 kishida koronavirus va pnevmoniya qayd etildi


TOSHKЕNT, 16 sentabr. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning soni 619 taga ortib, umumiy kasallanganlar 166 ming 644 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bundan tashqari, 15 sentabr kuni 142 kishida pnevmoniya kasalligi aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p holat mamlakatimiz poytaxti (231), Toshkent (136), Samarqand (54)  va Farg‘ona (47)  viloyatlarida qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 ming 67 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan, kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 159 ming 444 nafarni tashkil etmoqda. Pnevmoniyadan 426 nafar bemor tuzalgan.
Kecha, shuningdek, 6 nafar yurtdoshimiz koronavirus va 2 kishi pnevmoniya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Ayni paytda yurtimiz shifoxonalarida 6 ming 25 nafar  koronavirusga chalingan va 4 ming 841 nafar pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarga da’vo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

SSV: koronavirus infeksiyasini yuqtirgan...

Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi ha...

Respublika maxsus komissiyasining karant...

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi shtabda Sog‘liqni saqlash vazirli...

Po‘lat Bobojonov: mamlakat bo‘ylab 50 ta...

Po‘lat Bobojonov mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish ha...

So`nggi yangiliklar