Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Avgust/2022   Iqtisodiy diplomatiya

16-17 avgust kunlari Toshkentda SHHT Iqtisodiy forumi va Sanoat innovatsion yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) 16-17 avgust kunlari Toshkentda SHHT Iqtisodiy forumi va Sanoat innovatsion yarmarkasining o‘tkazilishiga bag‘ishlangan brifing tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


ITSV maʼlumotiga ko‘ra, brifingda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov jurnalistlar va blogerlarga bo‘lajak tadbirlar mintaqaviy va xalqaro miqyosda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonning SHHTga raislik qilishi doirasida jahon hamjamiyati eʼtiborini mintaqaviy ahamiyatga molik eng muhim masalalarga qaratish imkonini beradigan bir qancha muhim xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiy Forum mamlakatimiz tomonidan so‘nggi bir necha yil ichida olib borilgan va bu yil SHHTga raislik qilinayotgani munosabati bilan faollashgan ko‘p qirrali tashqi iqtisodiy siyosatining mantiqiy davomidir. Ushbu formatdagi Forumni Toshkentda o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHTning 2020 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitida ilgari surilgan edi.

Forumning asosiy vazifalari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, SHHT makonida iqtisodiy rivojlanish va amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, Forum ishtirokchi davlatlarining investitsiyaviy salohiyatini namoyish etish, barqaror rivojlanishni taʼminlash va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Forumda davlat organlari rahbarlari, tashqi iqtisodiy faoliyatga masʼul vazirliklar, shuningdek, SHHT davlatlarining xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirok etadi. Uning dasturi Yalpi majlis va “SHHT doirasida istiqbolli investitsiyaviy loyihalar”, “Xalqaro kooperatsiya xususiyatlari va savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash”, “Raqamlashtirish davrida savdo-iqtisodiy hamkorlik”, “SHHT makonida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish” mavzularidagi to‘rtta panel muhokamalardan iborat. Bundan tashqari, mehmonlar uchun SHHT Sanoat innovatsion yarmarkasi o‘tkaziladi. Uning maqsadi tashkilot mamlakatlarining innovatsion g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalarini tijoratlashtirish uchun sharoit yaratishdir.

Brifing yakunida Aziz Voitov yana bir bor ommaviy axborot vositalari vakillarini forumda faol ishtirok etishga taklif qilib, ushbu xalqaro miqyosdagi tadbirni yoritishda axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid

AQSH Geologiya xizmati delegatsiyasi ya...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov AQSH Geologiya xizmati («USGS») katta ilmiy maslahatch...

Isroil kompaniyasi Namanganda lavanda o‘...

Namangan viloyat hokimligida Isroilning “DRTS” (Drip Research Technology Solutions) kompan...

Janubiy Koreya ishbilarmonlari delegatsi...

Bugun Koreya – O‘zbekiston biznes markazida mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchi...

So`nggi yangiliklar