Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi Tojikiston OAV diqqat markazida

 DUSHANBE, 3 fevral. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Nashrda taʼkidlanganidek, strategiyani ishlab chiqishda mavjud muammolar hisobga olinib, yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar o‘z aksini topdi. «Mamlakat fuqarolari ushbu hujjatni tayyorlashda faol ishtirok etdi, - deyiladi maqolada. - Shuning uchun ham uni xalq muallifligidagi tarixiy hujjat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Strategiyaning birinchi yo‘nalishi inson manfaatlarini taʼminlash va erkin fuqarolik jamiyatini yana-da rivojlantirish orqali xalq davlatini qurishga qaratilgani  ham ramziy maʼnoga ega».

Hujjatda rejalashtirilgan tadbirlarning mazmun-mohiyatini  tavsiflovchi maqsad va vazifalar belgilangani qayd etilgan. Xususan, taraqqiyot strategiyasi xotin-qizlar bilan bog‘liq qator vazifalarni o‘z ichiga olgan. «Yordamga muhtoj ayollar, shuningdek, faol ayollarni doimiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish rejalashtirilmoqda, - deb yozadi agentlik. - Bu yo‘nalishdagi ishlar Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish milliy dasturi doirasida amalga oshiriladi. Dastur ayollarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to‘liq ishtirok etishining huquqiy asosi bo‘ladi. Xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi, Xalqaro konvensiya va milliy qonunchilik normalari ijrosi ustidan qatʼiy nazorat taʼminlanadi».

Qayd etilganidek, kelgusi besh yil uchun mo‘ljallangan ushbu  tarixiy hujjat barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.   Agentlikka ko‘ra, taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi 2026 yilga qadar BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

«2022 yilda taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi vazifalarini bajarilishini taʼminlash orqali aholining barcha qatlamlari — o‘rta sinf vakillari va tadbirkorlar, ziyolilar, byudjet tashkilotlari xodimlari, harbiylar, faxriylar, kam taʼminlangan oilalar, nogironlar, umuman, butun xalqning  farovonligi oshishiga erishiladi», - deb yozadi “Avesta”.

Mavzuga oid

O‘zbekiston ECOSOCning Rivojlanish maqsa...

Misrning arab va ingliz tillarida nashr etiladigan «Al-xabar al-Yaum» va «Sada al-Bilad» g...

Belgiyada O‘zbekiston mustaqilligining 3...

Chet elda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy, moddiy va madaniy qo‘llab-q...

«The Korea Herald» gazetasi O‘zbekistond...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen O‘zbekiston Prezidenti saylovi jara...

So`nggi yangiliklar