Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Yanvar/2023   Eksport

2022 yilda O‘zbekiston 800,8 million AQSH dollari miqdorida elektrotexnika mahsulotlarini ekport qildi

TOSHKENT, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2022 yilda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati 800,8 million dollardan ortiq bo‘lgan 196 turdagi mahsulotlarni dunyoning  60 mamlakatiga eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“O‘zeltexsanoat” uyushmasining Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sloveniya, Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, shu bilan birga, Iroq, Livan, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinchi marta elektrotexnika mahsulotlari sotildi. 

4 ta xalqaro ko‘rgazmada milliy mahsulotlar uchun alohida maydon ajratildi. Ko‘rgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 million dollarlik shartnomalarni imzolashga erishdi.

Eng ko‘p mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili 14 ta yangi korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini eksportga chiqardi. 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda lavlagi eksporti hajmining...

Germaniyaning meva va sabzavotlar xalqaro savdosiga oid materiallarni yoritadigan “Fruchtp...

O‘zbekiston yanvar oyida qancha to‘qimac...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021 yilning yanvar oyida qariyb 50 g...

Joriy yilning 10 oyi mobaynida O‘zbekist...

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida umumiy qiymati 31,6 million AQSH ...

So`nggi yangiliklar