Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Jamiyat

28-30 sentyabr kunlari «Amir Temur - dunyo olimlari va adiblari nigohida» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi


 TOSHKENT, 23 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 28-30 sentyabr kunlari «Amir Temur - dunyo olimlari va adiblari nigohida» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gibrid shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Uch kun davom etadigan «Amir Temur - dunyo olimlari va adiblari nigohida» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Misr, Pokiston, Ozarbayjon kabi dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan taniqli olimlar, tarixchilar va temurshunos mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Asosiy tadbirlar Toshkent, Shahrisabz va Samarqand  shaharlarida tashkil etiladi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkilotchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid

«Imom Abu Iso Muhammad Termiziy» va «Sha...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumatiga ko‘ra, «Imom Abu Iso Muhammad Termiziy» va «...

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi ...

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Nargiza Boltaboyeva Qozog‘istonning Nursulton shah...

Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligig...

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida taniqli davlat arbobi Mohandas Karamchand...

So`nggi yangiliklar