Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Aprel/2021   "Dunyo" AA reportaji

700 yillik tarixga ega Jumalikizik qishlog‘idan “Dunyo” AA fotoreportaji


TOSHKENT, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. Jumalikizik qishlog‘i Istanbul sharqida, Bursa shahri yaqinida, Ulug‘tog‘ etaklaridagi bahavo hududda joylashgan. Aholi punktining tarixi bu yerda masjid qurgan turk-o‘g‘uzlar va atrofdagi qishloqlar aholisi yig‘ilgan juma namozlari bilan bog‘liq, deb hikoya qilmoqda “Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov.

1980 yilda Turkiya hukumati qishloqni davlat himoyasiga oldi va u madaniy meros hisoblanadi. 2014 yilda YUNESKO qishloqni madaniy meʼros obyektlari ro‘yxatiga kiritdi.

Bu yerga kelgan sayohatchilar o‘zlarini o‘rta asrlarga tushib qolgandek his qiladi. Qishloqning tosh qoplangan ko‘chalari, usmoniylar hukmronligining dastlabki yillariga xos binolari hech kimni befarrq qoldirmaydi. Bundan tashqari, Jumalikizikda dunyodagi eng tor va qadimiy ko‘chalardan biri joylashgan bo‘lib, u YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bu ko‘cha bo‘ylab faqat bitta odam yurishi mumkin, zero uning kengligi atigi 80 santimetrni tashkil qiladi. Mana 400 yildirki, qishloqda suv uzatish va kanalizatsiya tizimlari ishlab turibdi.

Bugun Jumalikizikda 300 ga yaqin turar-joy binosi mavjud, ularning 57 tasida bir vaqtning o‘zida amaldagi muzey hisoblanadi. Aholi, asosan, bog‘dorchilik va asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Anʼanaviy turkcha uslubdagi kichik kafelar ham bor. Jumalikizik har kuni yuzlab sayyohga xizmat ko‘rsatadi. Qishloq, shuningdek, bu yerda filmlar tasvirga oladigan turk kinokompaniyalari orasida ancha mashhur.

“Dunyo” AA ushbu fotoreportajni tayyorlashda yordam bergani uchun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga minnatdorlik bildiradi.

Mavzuga oid

Ayo Sofiya - Istanbul ramzi

“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov Istanbuldagi qadimiy va mashhur tarixiy inshootlardan...

“Dunyo” AA fotomuxbiri bahorgi Istanbul ...

“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov dunyoning boshqa shaharlari kabi koronavirus pandemiy...

O‘zbekistonda kuz fasli “Dunyo” axborot ...

O‘zbekistonda yozning uzoq jarima kunlaridan so‘ng, kechalari sovuq kunduz kunlari esa ili...

So`nggi yangiliklar