Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Avgust/2022   Hamkorlik

9-12 avgust kunlari O‘zbekistonda Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 9-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko‘magida tashkil etilgan Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi ish boshlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, forumning asosiy vazifalaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyada mehnat sohasida davlat nazorati siyosatini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, mehnat inspektorlarining trening va tajriba almashish vositasida bilim darajasini, samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

9-12 avgust kunlari ishtirokchi mamlakatlarning davlat mehnat inspeksiyalari vakillari Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy tamoyillari, migratsiya qonunchiligi, travmatizm konsepsiyasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar. Shuningdek, davlat mehnat inspektorining shaxsiy va kasbiy ravnaqiga, hissiy holatni boshqarish ko‘nikmalariga va boshqa mavzularni qamrab olgan treninglar o‘tkaziladi.

Tadbir natijalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va mehnat huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, mamlakatimiz Mehnat inspeksiyasining huquqiy va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha yagona yondoshuvlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, forum fuqarolarning mehnat huquqlari va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal qilish jarayonida faol ishtirok etayotgan yosh mehnat inspektorlari jamoasini shakllantirish, shuningdek, ishchilarning  xavfsizligini, ularning sog‘lig‘i va farovonligini taʼminlashga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid

AQSH O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘l...

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistondagi qishloq ayollari iqtisodiy imkon...

Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston bizn...

Kecha Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Belarus chiqindilarni qay...

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimi ...

So`nggi yangiliklar