Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Janubiy Koreya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish choralarini muhokama qilmoqda


SEUL, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi  xodimlari Koreya Respublikasi adliya vazirligi migratsiya xizmati xalqaro aloqalar bo‘limi masʼul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Muloqot chog‘ida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 Tomonlar koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning ushbu yo‘nalishdagi rivojining ijobiy dinamikasini qayd etdi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning tegishli idoralari mutaxassislari o‘rtasidagi amaliy aloqalar muntazamlik kasb etayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Bundan tashqari, muloqotda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan turli darajadagi qo‘shma tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Minsk shahrida O‘zbekiston va XEI o‘rtas...

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat ...

Riga shahrida Yevropa Ittifoqining O‘zbe...

O‘zbekiston elchisi Qadambay Sultonov Latviya Fanlar akademiyasi (LFA) Iqtisodiyot institu...

Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya diplomatik ...

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov kecha Yaponiya tashqi ishlar vazirligining Ye...

So`nggi yangiliklar