Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Sayyohlik

«Samarqand Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» g‘oyasi Qirg‘izistonda taqdim etildi

BISHKEK, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida Qirg‘iziston sayyohlik kompaniyalari, turizm sohasini faol targ‘ib qilib kelayotgan taniqli blogerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Unda Qirg‘iz turoperatorlari assotsiatsiyasi rahbari S.Gluxoverov boshchiligidagi uyushma aʼzolari - «Travel Experts», «Nomads Land», “EcoNomad”, «Grand travel», «Sun House», «Kyrgyz Concept», “Ulush”, «Voyager Group», «CAT Company», «Ak-Say Travel», «Aziya Expedition» kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, taniqli mahalliy blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida «Samarqand Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda Samarqand shahridagi keng imkoniyatlar va milliy ziyoratgohlarga kelayotgan sayyohlar soni, moddiy va madaniy meros obyektlari haqida batafsil maʼlumotlar mezbon mamlakat sayyohlik kompaniyalari vakillarining eʼtiborniga havola qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga Samarqandning qadimiy obidalari, ziyoratgohlar, savdo maskanlar, yangi mehmonxonalari haqidagi rang-barang tarqatma materiallar va videoroliklar taqdim etildi.

Qirg‘iziston vakillari, o‘z navbatida, O‘zbekistonning barcha hududlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, jumladan, xorijiy sayyohlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, vizasiz va soddalashtirilgan elektron viza tartiblari joriy etilgani, infratuzilma majmualarini barpo qilish, shuningdek, ziyorat turizmi, tibbiyot turizmi, ekoturizm, agroturizm, gastronomik turizm va tog‘ turizmini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni alohida taʼkidlashdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, shuningdek,  gastronomik turizm yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yarmarka va forumlarda  Qirg‘iziston  turkompaniyalarining ishtirokini taʼminlash, xorijiy sayyohlarga turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” kombiturlarini sotish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Taniqli qirg‘iz blogerlari bilan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini birgalikda keng targ‘ib qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Belgiya kompaniyasi O‘zbekiston turizm s...

Joriy yil 20-28 oktabr kunlari Belgiyaning «Eccholine» kompaniyasining yigirmaga yaqin mam...

Sibirda O‘zbek tili va madaniyati markaz...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishla...

Buxoroda XIX anʼanaviy “Ipak va ziravorl...

Joriy yil 28-30-may kunlari Buxoro shahrida XIX anʼanaviy “Ipak va ziravorlar” festivali b...

So`nggi yangiliklar