Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Oktabr/2020   Dolzarb

BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga insonarvarlik yordami taqdim etdi


ABU-DABI, 15-oktabr. /«Dunyo» AA/. Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun’iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PSR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.

BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatimizga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vaz...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2020-yil 22-aprel kuni Ros...

Xitoyda yangi turdagi koronavirusga qars...

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yangi turdagi koronavirus tarqalishiga chek qo‘yish va ka...

«Yuksalish» va Narkotik moddalarni nazor...

Ma’lumotga ko‘ra, dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlikka yo‘liqqan bo‘lib, ushbu...

So`nggi yangiliklar