Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

BMT YeIK «Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar» O‘zbekiston milliy sharhini tayyorlaydi


JENEVA, 8 oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasi diplomatlari va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) delegatlari bilan videokonferensaloqa formatida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» doirasida bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasining «Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar» milliy sharhini tayyorlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish va 2020-2021 yillarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

YeIK dastur menejeri Yakob Fekser loyihaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil taqdimot qildi. Milliy sharhga tayyorgarlik 5 bosqichda amalga oshirilishi ta’kidlandi. YeIK vakili boshqa mamlakatlarda milliy sharhlarni tuzish tajribasiga asoslanib, O‘zbekiston tomoniga kelgusi tadqiqotlar davomida batafsil o‘rganib chiqish uchun maxsus iqtisodiy zonalar, qishloq xo‘jaligidagi yangiliklarni targ‘ib qilish va eksportga yo‘naltirilgan xizmatlarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni taklif qildi.

Muzokalar natijasida YeIK va Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida yaqin hamkorlik to‘g‘risida, shuningdek, «Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar» O‘zbekiston milliy sharhini tayyorlash uchun keyingi uchrashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining...

O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O...

"Business Forum Germany" biznes-forumida...

Germaniyada “Business Forum Germany – Antivirus 2020” xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. ...

Farg‘ona viloyati ishbilarmon doiralari ...

Ispaniyaning La-Korunya provinsiyasidagi “EXPORPYME-2020” ko‘rgazmasida Farg‘ona viloyati ...

So`nggi yangiliklar