Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Jamiyat

«El-yurt umidi» jamg‘armasi rasmiy manbalarida stipendiya va grant tanlovlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqda


TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tanlov asosida stipendiatlarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etib kelmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bugungi kunda jamg‘arma tomonidan stipendialar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, xorijiy hamkorlar, xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlar tomonidan e’lon qilinayotgan stipendiya va grant tanlovlari haqidagi ma’lumotlar «El-yurt umidi»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-sentabridan 20-oktabriga kadar 100 ga yaqin tashkilot tomonidan e’lon qilingan stipendiya va grant tanlovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamg‘armaning elektron resurslarida nashr etildi.

Ushbu tanlovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan jamg‘armaning “evuf.uz” rasmiy veb-sayti va “https//t.me/elyurtumidifondation” telegram kanaliga a’zo bo‘lish orqali tanishib borish mumkin.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda davlat byudjetidan oylik o...

O‘zbekistonda davlat byudjetidan oylik oladigan barcha davlat idoralari va tashkilot rahba...

Bola huquqlari: xalqaro amaliyot va O‘zb...

Poytaxtimizda «Bola huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning faoliyati: xalqaro amaliyot ...

O‘zbekistonda AQSh va Buyuk Britaniya bi...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ili...

So`nggi yangiliklar