Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Sentabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Farg‘ona viloyati Turkiya bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqda


TOShKENT, 17 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney Farg‘ona viloyatiga safar qildi. Mahalliy hokimiyat vakillari bilan hududda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Farg‘ona viloyati hokimligi qabullar uyida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev hamda turkiyalik vakillar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda hayotga tatbiq etilayotgan tashabbuslar samarasi haqida so‘z yuritildi.

Muloqotda Farg‘ona bilan Bursa viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotgani, Marg‘ilon shahrida “Bursa Uludag” universiteti filiali tashkil etilayotgani manfaatli sheriklik aloqalari kengayib borayotganidan dalolat.

O‘z navbatida, TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalarga yuksak ishonch bildirdi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ta’lim muassasalari faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida ta’mirlash bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Turizm, yengil sanoat, chorvachilik tarmoqlarida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 

Mavzuga oid

BMT YeIK «Barqaror rivojlanish uchun in...

O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy...

O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inso...

O‘zbekistonni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi (IHK) a’zoligini qo‘llab-quvvatlab 169...

Saudiya Arabistoni kompaniyasi qiymati...

Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi milliy mahsulotlarimiz eksport geograf...

So`nggi yangiliklar