Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


TOShKENT, 19-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Vengriyaning eksportni rivojlantirish va sharqiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosarlari Ishtvan Yoo va Andrash Barani bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Vengriya sherikligining kun tartibidagi dolzarb masalalari va uning ustuvor yo‘nalishlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini jalb qilgan holda sanoat kooperatsiyasi sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari alohida e’tibor markazda bo‘ldi. Vengriya tomoniga amalga oshirish uchun hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston tomonidan tashabbuskorlar aniqlanib bo‘lingan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, farmatsevtika, kimyo sanoati sohasidagi 40 ta istiqbolli loyihalar ro‘yxati ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Vengriyalik hamkasblar ushbu loyihalarni o‘rganishni darhol boshlashga, shuningdek, Vengriya tadbirkorlari orasida bo‘lajak sheriklarni izlashga tayyorligini bildirdilar.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida 2019 yil yakunlari bo‘ycha erishilgan savdo aylanmasining sezilarli o‘sishi hamda 2020 yilda o‘zaro savdoda kuzatilgan ijobiy tendensiyalari qayd etildi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini yanada oshirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar va bu borada aniq qadamlarni, jumladan, qo‘shma savdo uyini ochish va Budapesht shahrida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil etishni belgilab oldilar.

Shuningdek, tomonlar joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ishlarining borishini ham muhokama qildilar.

Muzokaralar vavomida mlm-fan va ta’lim sohasida o‘zaro aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Vengriyaning Debretsen universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida ishlab chiqilayotgan bitim alohida ahamiyatga egadir. Uning imzolanishi diplomlarni ikki tomonlama tan olish amaliyotini joriy etishga imkon beradi. Shuningdek, Vengriya va O‘zbekistonda qo‘shma fakultetlarni ochish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Kelgusidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish uchun Vengriyaning Debretsen universiteti rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Videokonferensiya doirasida tomonlar hududlararo sheriklik masalalarini ham muhokama qildilar. Jumladan, Vengriyaning Vesprem viloyati va O‘zbekistonning Navoiy viloyati, shuningdek, Peshten va Toshkent viloyatlari o‘rtasida o‘zora birodarlik munosabatlarni o‘rnatish uchun shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasida muntazam ravishda muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 

Mavzuga oid

Rossiya bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy h...

S.Umurzoqov telekonferensiya aloqasi orqali Rossiya Federatsiyasi Hukumat rahbari o‘rinbos...

O‘zbekistonning «Ideal» brendi mahsulotl...

O‘zbekistonning «Ideal» brendi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoridan munosib joy oli...

Kanada bilan energetika sohasida hamkorl...

O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi – Vashingtonda) Javlon Vahobov «Condor Petro...

So`nggi yangiliklar