Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Sentabr/2020   O'zbekiston eksportchilari "Dunyo" AA nigohida

Malayziya tajribasi O‘zbekiston mahsulotlarini Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga eksport qilishni rag‘batlantirishda foydali bo‘lishi mumkin

TOShKENT, 15-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi va "Savdogar bank" aksiyadorlik tijorat banki Malayziyaning "Consumption Union" kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi, unda respublikamizda Malayziya tomonining onlayn savdo maydonchalarini yanada faol tatbiq etish uchun elektron to‘lov tizimining elektron shlyuz tizimlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



“Consumption Union” 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Janubi-Sharqiy Osiyoda elektron tijoratni rivojlantirish uchun elektron savdo maydonchalarini ishlab chiqadi. Onlayn platformada 10 milliondan ortiq obunachi, shu jumladan 200 mingdan ortiq savdo kompaniyasi mavjud. Ushbu platforma mahalliy eksportchilarga o‘z mahsulotlarini Janubi-Sharqiy Osiyodagi iste’molchilarga onlayn tarzda sotish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida “Consumption Union” kompaniyasi vitse-prezidenti Samanta Kox O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorida elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish uchun tegishli infratuzilmani, shu jumladan cheksiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay tizimni yaratish zarurligini ta’kidladi. U Malayziya tomoni ushbu loyihani "Savdogar bank" ATB bilan birgalikda ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha "Development of E-Gateway Systems" dasturini birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ushbu dastur yordamida elektron savdo maydonchalari orqali Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida mamlakatimiz mahsulotlarini faol ravishda ilgari surish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Yevropa mamlakatlariga dukka...

Yangi yil arafasida O‘zbekistondan Vengriyaga shartnoma asosida 500 ming AQSh dollari miqd...

O‘zbek eksportchilari «Dunyo» axborot ag...

O‘zbek eksportchilari «Dunyo» axborot agentligi nigohida

O‘zbek eksportchilari «Dunyo» axborot ag...

O‘zbek eksportchilari «Dunyo» axborot agentligi nigohida

So`nggi yangiliklar