21/Yanvar/2022 COVID-19
TOSHKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonda 1321 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 210 ming 899 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida ro‘y berdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari mamlakatimiz poytaxtida (524), Toshkent (158), Farg‘ona (173), Xorazm (62), Namangan (60), Jizzax (53) viloyatlarida kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan 466 nafar bemor kecha ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Shu bilan birga, kecha ushbu kasallik oqibatida 3 kishi vafot etgan.
Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 7 ming 217 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.