Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Dolzarb

O‘zbekiston – Isroil: parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi


TOShKENT, 22 oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Knesset bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Ilhom Abdullayev boshchiligida «Isroil – O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi A.Kojinov ishtirokida Isroil parlamenti a’zolari bilan birinchi onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Isroil davlatining tegishli davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.


Onlayn uchrashuv davomida dunyoda koronavirus tarqalishi ko‘lami yuzasidan xavotirlar bildirib o‘tildi. Tomonlar ushbu global tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston va Isroilda ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Pandemiyaning salbiy oqibatlari oldini olishga qaratilgan koronavirusga qarshi kurashda parlament a’zolarining roli alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, davlatlarning ikki tomonlama hamkorligi, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘mak ko‘rsatish, o‘zaro manfaati savdo-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda erishilgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston – Isroil hamkorligini kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda tomonlar iqtisodiy hamkorlik sohasida mamlakatlarimiz o‘rtasida sheriklik munosabatlarini suv xo‘jaligi, agrosanoat sohasi, axborot texnologiyalari, boshlang‘ich tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarda mustahkamlash zarurligi borasida yakdil fikrda ekanini qayd etdi.

Mavzuga oid

O‘mon eksperti: “O‘zbekiston Prezidenti...

O‘mon Sultonligining «Vijxat» gazetasida Bosh muharrir Yusuf al-Balushiyning «O‘zbekiston ...

Tailandlik ekspertlar: BMT shafeligida T...

Mamlakatimizning Tailanddagi Bosh konsulxonasi xodimlari, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari,...

O‘zbekistonda fuqarolik qonunchiligini t...

Konferensiya «Zoom» onlayn platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

So`nggi yangiliklar