Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   COVID-19

O‘zbekiston 18-oktabr kuni 308 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi


TOShKENT, 19-oktabr. «Dunyo» AA/. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 18-oktabr kuni mamlakatimizda 308 kishida koronavirus qayd etildi, deb xabar bermoqda, «Dunyo» AA muxbiri.

E’tiborli jihati, kecha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 321 nafar bemor tuzaldi.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 527 nafarga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 63 ming 303 nafar bemordan 60 ming 401nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 ming 375 nafar bemordan 312 nafari og‘ir, 92 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan...

O‘zbekistonda 8 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganla...

Nurmat Otabekov: koronavirus infeksiyasi...

xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya...

Oʼzbekistonda koronavirus haqida hujjatl...

“Oʼzbekkino” Milliy agentligi COVID-19 haqida film tayyorlashga kirishdi.

So`nggi yangiliklar