Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston elchixonasi Malayziya kompaniyasi vakillari bilan investitsiyaviy loyiha amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi


KUALA-LUMPUR, 6-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi «ScentPur Industry» kompaniyasi direktori Denni Tan bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda Malayziya bilan hamkorlikda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyiha amaga oshirish masalasi muhokama qilindi.

2000-yilda tashkil etilgan «ScentPur Industry» kompaniyasi antibakterial gigiyena vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 30 mamlakati, jumladan, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo, Fors ko‘rfazi hamda Yevropa davlatlariga eksport qilinadi.

Malayziya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya mahsulotlari tegishli xalqaro sertifikatlar, shu jumladan Yevropa sertifikatlariga ega.

Denni Tan koronavirus pandemiyasi davrida talab yuqori bo‘lgan ushbu mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kelajakda ularni MDH davlatlariga eksport qilishga qiziqish bildirdi.

Shuningdek, «ScentPur Industry» kompaniyasi vakillari investitsiyaviy loyihani amalga oshirish shartlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha logistika infratuzilmasini tahlil qilish zarurligini qayd etdi. Muzokaralar natijasida Malayziya tomonining O‘zbekistondagi hamkorlar bilan gigiyena vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 

Mavzuga oid

Xitoy nashrlari O‘zbekistondan yeryong‘o...

Xitoyning 500 milliondan ziyod obunachisiga ega «Weibo» ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekistonda ...

Isroil kompaniyasi Namanganda lavanda o‘...

Namangan viloyat hokimligida Isroilning “DRTS” (Drip Research Technology Solutions) kompan...

O‘zbekiston va Portugaliya o‘zaro hamkor...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Portugaliyaga bordi,

So`nggi yangiliklar