Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti: Ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh qilib bo‘lmaydi


TOShKENT, 13-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Sirdaryo viloyatiga safari davomida Oqoltin tumani «Nurafshon orzu bo‘stoni» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi. Hosilni asrab qolish uchun ko‘chma nasoslar yordamida suv qochirilib, yer kultivatsiya va chopiq qilindi. Imkonsiz joylarda paykallar buzilib, qaytadan boshqa ekinlar ekildi. Qiyg‘os ochilgan paxta ana shunday mashaqqatli mehnat natijasi.

«Nurafshon orzu bo‘stoni» fermer xo‘jaligi «Oqoltin APK» paxta to‘qimachilik klasterining hamkori.

Shu yerda klasterlar rahbarlari va fermerlar bilan muloqot bo‘ldi. Paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligi ta’kidlandi.

— Klaster va manfaatdorlik - O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi. Ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo‘lmaydi, — dedi Prezident.

Mazkur klaster tomonidan 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Oqoltin tumanida yiliga 30 ming tonna chigitni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 4 million dollar hamda 50 ming tonna donni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 5,8 million dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Iqlim b...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya vazirlar vi...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Erkin Jalilovich Hamroyev O‘zbekisto...

O‘zbekistonga Qatar tashqi ishlar vazirl...

Bugun Toshkentga Qatar Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bi...

So`nggi yangiliklar