Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi


TAShKENT, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini kuni kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik halqi farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, Hukumatlararo komissiya qarorlarini bajarish hamda bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Prezidentlar Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining Qirg‘iz Respublikasidagi vaziyat yuzasidan qo‘shma bayonoti qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot so‘ngida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga ikkala tomonning ham intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Respublikasi Pre...

Britaniyalik siyosatchi: Prezident tasha...

Buyuk Britaniyaning Yevropa va Amerika masalalari bo‘yicha sobiq davlat vaziri Alan Dunkan...

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi s...

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi l...

So`nggi yangiliklar