Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha anglashuv Memorandumi imzolandi


TOShKENT, 13-oktabr /“Dunyo” AA/. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Xalqaro hamjamiyat unga qarshi samarali kurash choralarini qo‘llashda uyg‘un va global harakatlarni amalga oshirish, ilg‘or tajribani ommalashtirishga alohida e’tibor qaratyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari videosammitida bu borada jahon hamjamiyati bilan tajriba almashinuvlarni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Turkiy Kengash hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolash tashabbusini ilgari surgan edi.

Ushbu muhim hujjatning ishlab chiqilishi va imzolanishi Yangi O‘zbekiston amalga oshirayotgan faol ko‘ptomonlama diplomatiyaning bevosita mahsulidir.
 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar ...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Ozarbayjon Respubli...

O‘zbekiston Prezidenti Farg‘onada quril...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida Farg‘ona sha...

Abdulla Aripov va Mixail Mishustin O‘zbe...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri M...

So`nggi yangiliklar