Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Sentabr/2020   Sport

Taniqli o‘zbek professional bokschisi navbatdagi g‘alabasini Polshada nishonladi


TOShKENT, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik professional bokschi Sherzod Husanov navbatdagi g‘alabasini Polshada nishonladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz vakili polshalik Robert Parjejevskiga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda tajribali bokschimiz raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatidagi 22-g‘alabasiga erishdi.

Sherzod Husanov havaskor bokschilar o‘rtasida o‘tgan Osiyo va jahon chempionatida bittadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan, Osiyo o‘yinlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
 

Mavzuga oid

Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasi o‘z...

Kecha poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida dunyoning 71 mamlakatidan 500 nafarga yaqi...

O‘zbek dzyudochilari Tbilisi turniriga y...

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 26-28 mart kunlari Gruziyada o‘tkaziladigan «Kat...

«Alpomish va Barchinoy» xalqaro turnirig...

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil uchun respublika kalendar rejasiga asosan...

So`nggi yangiliklar