Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   COVID-19

O‘zbekistonda o‘tgan tunda 127 kishida COVID-19 qayd etildi


TOShKENT, 19-oktabr. /«Dunyo» AA/. 19-oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 127 kishiga ortdi va COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 63 ming 430 nafarni tashkil etmoqda, deb habar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarning 30 nafari Toshkent shahrida, 16 - Samarqandda, 15 – Buxoroda, 13 - Andijonda, 12 - Namanganda, 10 - Jizzaxda, 9 – Sirdaryoda, Toshkent viloyati va Xorazmda 7 nafardan, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Shuningdek, o‘tgan tunda koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etgan.

Ayni paytda yurtimizda koronavirusga chalingan 63 ming 430 bemordan 60 ming 401 nafari butkul sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida 2 ming 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 11 soat davomida 226 kishi...

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, 12-sentabr...

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar...

O‘zbekistonda 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar s...

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo dav...

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari Covid-19ga qars...

So`nggi yangiliklar