Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2020   Jamiyat

O‘zbekistonda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka kredit ajratishning soddalashgirilgan tizimi joriy etiladi


TOShKENT. 24 sentyabr. /”Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishni yanada soddalashtirilgan tizimi joriy etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu maqsadda tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar xisobidan “Ipoteka-bank” ATIB va “Qishlok qurilish bank” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha quyidagilarga ruxsat beriladi:

- mijozning tanloviga ko‘ra, xo‘jalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka kredita qarz oluvchining bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish yo‘li bilap ajratilishi;

- qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishi;

- daromadlari to‘g‘risida kamida oxirgi uch oy uchun ish joyidai berilgan ma’lumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya to‘lovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiyalar bilan birga va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini xisoblashda inobatga olish;

- kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi o‘rtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilish;

- kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlari (yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarxi, yakka tartibda uy-joyning poydevorlari, yerto‘lalari, qavatlari, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarxlari, moliyaviy smeta xisob-kitobi) hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishi;

- yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta xisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badal sifatida qarz oluvchining mablag‘lari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishi.
 

Mavzuga oid

Namanganda Chxusok koreys milliy bayrami...

Koreys milliy madaniy markazi Namangan viloyat bo‘limi tomonidan «Afsonalar vodiysi» madan...

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik ha...

Moskvada charter reyslari tashkil etilis...

“Domodedovo” (Moskva) xalqaro aeroportidan charter reyslarida uylariga qaytishni istagan 3...

So`nggi yangiliklar