Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistoning AQSHdagi elchixonasi CESS 7-mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

VASHINGTON, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi xodimlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyatining (Central Eurasian Studies Society - CESS) 7-mintaqaviy konferensiyasi ochilish marosimida onlayn tarzda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.


Tadbirning ochilish marosimidagi nutqida JIDU rektori, senator Sodiq Safoyev barcha xalqaro ekspert, tadqiqotchi va olimlarga mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan yangilanishlar jarayoni, iqtisodiyotni erkinlashtirish dinamikasi, yangi tashqi siyosat, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash bo‘yicha saʼy-harakatlar, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi yondashuvlar haqida so‘zlab berdi.

Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyatining prezidenti, Pittsburg universiteti professori Jennifer Murtazashvili CESSning 7-mintaqaviy konferensiyasini Toshkentda o‘tkazish katta sharaf ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ekspert mamlakat rahbariyati va JIDUga shunday muhim tadbirni tashkil etish imkoniyati hamda dunyoning turli burchaklaridan mutaxassislar kelgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

- CESS Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlariga, shu jumladan O‘zbekistonga mamlakatni olg‘a siljitadigan taʼlimni olib kirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi, - dedi CESS prezidenti. - Biz pandemiyadan keyin birinchi marta ushbu formatda uchrashyapmiz. Biz misli ko‘rilmagan siyosiy sharoitlar tufayli odamlar konferensiyada bunchalik qattiq ishlayotganini hech qachon ko‘rmaganmiz. Bu aql bovar qilmaydigan mintaqaviy va global silkinish davri va biz qaysi davlatdan bo‘lishidan qatʼi nazar, ishtirokchilarni birlashtirish uchun juda ko‘p mehnat qildik.

Yevropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati (European Society for Central Asian Studies - ESCAS) kengashi raisi Adrian Fov xalqaro ekspert va olimlarining COVID pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan so‘ng yuzma-yuz uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lgani hamda mazkur anjumanning yuqori darajada tashkil etilgani barcha xalqaro tadqiqotchilar tomonidan ijobiy baholanganini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-26 iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati va Yevropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati hamkorligida nufuzli mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, moliya, huquq, tarix, antropologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, taʼlim, mediashunoslik, sotsiologiya va boshqa sohalar bo‘yicha 300 nafarga yaqin olim va ekspert ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid

Anqarada Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasid...

Turkiyadagi elchixonamiz Anqarada joylashgan Strategik tafakkur instituti bilan hamkorlikd...

Toshkent va Seul shaharlari o‘rtasidagi ...

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimlari Seul meriyasi x...

O‘zbek diplomatlari Janubiy Koreya bilan...

O‘zbekiston diplomatlari Janubiy Koreyaning «KEPCO Nuclear Fuel» kompaniyasi va Koreya ato...

So`nggi yangiliklar