Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Hamkorlik

Sankt-Peterburgda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

SANKT-PETERBURG, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahridagi “Tetrapak” bir martalik idishlar ishlab chiqarish sexi va oziq-ovqatlar saqlash logistika markazida vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan  Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, xususan, aholini ish bilan taʼminlash bo‘yicha tashabbuslariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

O‘z navbatida, vatandoshlarimiz o‘zlari duch kelayotgan muammolar yuzasidan diplomatlarga murojaat qilishdi.

Ularning murojaatlari “Tetrapak” shirkati mutassaddilari  ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Shirkat rahbariyati bilan  O‘zbekiston fuqarolari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammoli masalalarni o‘zaro hamkorlikda hal etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaz...

Kecha mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va Saud...

Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston fuqaro...

Kecha O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida “Language Talent Solutions” rekrutin...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rs...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari hamda Davlat xizmatlarin...

So`nggi yangiliklar