Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Oktabr/2020   Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zlagani bizga katta faxr va g‘urur bag‘ishladi— Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar


AR-RIYoD, 8 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan 17 avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ushbu davlatda vaqtincha yashab va ishlab kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari bilan “davra suhbati” o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

Tadbirda davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning muammolari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, haq-huquqlari ta’minlanishi va boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Hozirgi kunda Saudiya Arabistonida 100 dan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda. Ular malakasi va mutaxassisliklariga qarab, podshohlikdagi ko‘zga ko‘ringan shifo maskanlarida o‘z mehnat faoliyatlarini munosib darajada yuritib kelmoqda. Elchixona tomonidan vantashlarimizga o‘z vaqtida zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Muloqot chog‘ida vatandoshlarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasini 75-sessiyasidagi nutqi, xalqaro maydonda ilgari surgan tashabbuslari va tashqi siyosatimizda ro‘y berayotgan so‘nggi yangiliklarning mazmun-mohiyati xususida so‘zlab berildi.

Yurtdoshlarimiz Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqini bevosita tinglaganini aytib, davlatimiz rahbarining BMT minbarida o‘zbek tilida chiqish qilgani ularga katta faxr va g‘urur bag‘ishlaganini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar hozirgi zamon talabiga hamda insoniyat kelajagi uchun juda ham ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi.
 

Mavzuga oid

“Uzbekistan Airways” AJ Toshkent—Minsk—...

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi joriy yil 24, 28 va 31 mart kunlari Toshkent—Minsk—To...

Boriy Alixanov va Narimon Umarov Oliy Ma...

Kecha Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarola...

O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Markaziy Osiyoda EURLO loyihasi doirasi...

So`nggi yangiliklar